ARABISTON CHO’LI
ARABISTON CHO’LI – Afrikadagi cho’l. Sahroi Kabirning shimoliy-Sharqiy qismi. Nil daryosi bilan qizil dengiz oralig’ida. 22° shu kabigacha cho’zilib borib, Nubiya cho’liga qo’shilib ketadi. Yer yuzasi yassitog’lik. Mutlaq balandligi g’arbda 50 — 200 metr, Sharqda 2184 metrga yetadi. Kristall jinslardan tashkil topgan, ustini ohaktosh va Nubiya qizil qumtoshlari qoplagan. Iqlimi issiq. Yog’in bir necha yillar davomida yog’masligi mumkin. Quruq o’zan, vodiy ko’p. Yer osti suvlariga boy. O’simlik turi kam (asosan akatsiya, yulg’un, xurmo va boshqalar o’sadi). Aholisining ko’pchiligi chorvachilik bilan shug’ullanadi. Neft, qalay, fosforit konlari bor.