ARASHON
ARASHON — Chatqol tizmasi bilan Qizilto’r tizmasi orasidagi dovon. Arashon orqali Ohangaron vodiysidan Oqbuloq soyi vodiysiga o’tiladi. Balandligi 3112 metr. Dovonning Janubiy-Sharqiy yon bag’ri yassi, shimoliy-g’arbiy yon bag’ri tik. Arashon oktabrning ikkinchi yarmida qor bilan qoplanib, may oyida qori erib ketadi.
ARASHON (sanskritcha arasan — obi hayot) — issiq suvli mineral buloq. Arashon asosan, geografik nomlar tarkibida qolgan. Arashon Arasan, Arshan shakllarida Sibirda va O’rta Osiyoda juda ko’p joy nomlari tarkibida uchraydi. Arashon, Arashonbuloq, Arashonsoy, Olmaarasan, Oqarasan kabilar.
O‘xshash so‘zlar
- ARASH
- Arash
- Arashon
- ARASHONSOY
- ARASHONBULOQ
- Arash deganda nima tushuniladi?
- Arashon daryosi haqida eshitganmisiz?
- ARASOY VODIYSI





