ARASHONBULOQ
ARASHONBULOQ – Toshkent viloyat O’rta Chirchiq tumanidagi buloq. 2500 metr balandlikda. Buloq suvi granit jinslarining tektonik yoriqlaridan oqib chiqadi, temperaturasi 37°. Suvi minerallashganligi, kam radioaktivligi va sof azotni ajratib chiqarish xususiyatiga ega ekanligi uchun shifobaxsh.