ARMUR G’O’ZASI

ARMUR G’O’ZASI (Gossypium armourianum Kearney) — yovvoyi g’o’za turi. Genomi D21, xromosomalar soni 2p=26. Birinchi marta T. Kerni ta’riflab bergan (1933). San-Markoe orolida va Kaliforniya qo’ltig’i sohillarida uchraydi. Armur g’o’zasi — ko’p yillik, tarvaqaylab o’sadigan buta, bo’yi 2 metrgacha, o’suv shoxlari ko’p. Hosil shoxlari nimjon. Ko’saklari mayda, dumaloq-uzunchoq, yonlari bo’rtib chiqqan, 3 — 4 chanoqli. Har bir chanog’ida 1 — 4 ta chigit bo’ladi. Chigiti o’rtacha kattalikda, toshchigit, yashil-kulrang tuklar bilan qoplangan. Armur g’o’zasi qurg’oqchilikka nihoyatda chidamli, bakterioz bilan kasallanmaydi. Fotodavr o’zgarishidan kam ta’sirlanadi. Armur g’o’zasi gulyonbargchalari tabiiy to’kilib ketadigan g’o’za navlari yaratishda noyob tur hisoblanadi. Bunday g’o’za turlari Argentinada olingan.