ARQON KO’PBURCHAGI haqida nimani bilasiz?
ARQON KO’PBURCHAGI – kuchlar tizimining tayanch reaktsiyalari va teng ta’sir etuvchi kuchlarini topish, eguvchi momentlar epyuraparini yasash, arkasimon va osma tizimlarning eng maqbul qiyofalari (shakllari)ni aniqlash hamda yasen jismlar statistikasiga doir boshqa masalalarni yechishning grafik usulida foydalaniladigan ko’pburchak. Ikki uchi tang’ib bog’langach ip (arqon) ning bir necha nuqtasiga qo’yilgan kuchlar bilan tarang tortilishi natijasida hosil bo’lgan ko’pburchak Arqon ko’pburchagidir. Arqon ko’pburchagi kuch ko’pburchagi bilan birga yassi kesimlarning geometrik xarakteristikalarini aniqlashda, muhandislik gidravlikasi, iqtisodiyotning ba’zi masalalarini yechish va boshqalarda ham qo’llaniladi.
O‘xshash so‘zlar
- Arqon
- Arqon (arg’amchi, chilvir)
- ARQON haqida nimani bilasiz?
- Arqon (eshilgan ip ma’nosida)
- ARQONIY haqida nimani bilasiz?
- ARQON TUTISH haqida nimani bilasiz?
- Arqon
- ARQOQ haqida nimani bilasiz?











