ARZIRUM
ARZIRUM — Turkiyaning shimoliy- sharqidagi shahar. Arzirum elining ma’muriy markazi. Aholisi 242 ming kishi (1990). Temir yo’l stantsiyasi, avtomobil yo’llari tuguni, oziq-ovqat, to’qimachilik, ko’nchilik, mebel va metallsozlik korxonalari bor; vagon va lokomotivlar ta’mirlanadi. Universitet bor. Arzirum yaqinida temir rudasi koni topilgan. Arzirum qadimda turli davlatlar tarkibida bo’lib ketgan va har xil nom bilan atalgan. 11-asrda Saljuqiylar qo’l ostiga o’tgach, hozirgi nom bilan atalgan. 1514 yildan Usmonlilar saltanati tarkibida. Arzirum va uning atrofi bir necha marta urush maydoni bo’lgan. Arzirumni 1829, 1878, 1916-18 yillarda rus qo’shinlari bosib olgan. Kamolchilar inqilobi davrida, ya’ni 1919 yildan inqilobchilarning asosiy markazlaridan biri bo’lgan.
O‘xshash so‘zlar
- ASAD HAFIZ kim bo’lgan?
- ASAD haqida nimani bilasiz?
- ASAD IBN ABDULLOH kim bo’lgan?
- ASADIY TUSIY ABU MANSUR ALI IBN AHMAD kim bo’lgan?
- ASADOV MIRUMAR kim bo’lgan?
- ASADULLAXO’JAYEV UBAYDULLAXO’JA kim bo’lgan?
- ASADULLAYEV TO’RAXON kim bo’lgan?
- ASAFEV BORIS VLADIMIROVICH kim bo’lgan?






