ATEROV shahri haqida nimani bilasiz?
ATEROV (1992 yilgacha Gurev) — Qozog’iston Respublikasidagi shahar, Aterov viloyati markazi. Ural daryosidagi port. Aholisi 153 ming kishidan ziyod (1999). Temir yo’l stantsiyasi. Neftni qayta ishlash va kimyo sanoati rivojlangan. Mashinasozlik sanoati korxonalari, go’sht kombinati, pedagogika instituti, tarix-o’lkashunoslik muzeyi, drama teatri bor. 1640 yil asos solingan va Rossiya hukumatining keyinroq O’rta Osiyoga bosqinchilik yurishlarida tayanch istehkomlaridan biri bo’lgan.
O‘xshash so‘zlar
- Ateroma nima degani
- Ateroskleroz nima degani
- ATEROMA haqida nimani bilasiz?
- ATEROMATOZ haqida nimani bilasiz?
- ATEROSKLEROZ haqida nimani bilasiz?
- ATERINASIMONLAR haqida nimani bilasiz?
- ATEROV VILOYATI haqida nimani bilasiz?
- ATETOZ haqida nimani bilasiz?

