ATIRQOVUN

ATIRQOVUN (Melo dudaim) – qovun (Melo) turkumiga, qovoqdoshlar oilasiga mansub bir yillik o’simlik. Bo’yi 30 — 80 santimetr. Bargi to’garak yoki tuxumsimon. Guli bir yoki ikki jinsli. Mevasi dumaloq, diametri 5,5 — 6 santimetr. Xushbo’yligi bilan boshqa qovunlardan ajralib turadi. Atirqovun ekilishiga qarab iyul — sentabr oylarida gullaydi. Yer yuzida keng tarqalgan. Uni O’rta Osiyo, Zakavkazye, Eron, Afg’oniston, Kichik Osiyo, O’rta dengiz bo’yi, Amerika va boshqa yerlarda uchratish mumkin. Atirqovun O’zbekistonning deyarli hamma viloyatlarida, ayniqsa, Surxondaryo va Xorazm viloyatida manzarali o’simlik sifatida ekiladi.