ATIRQOVUN haqida nimani bilasiz?
ATIRQOVUN (Melo dudaim) – qovun (Melo) turkumiga, qovoqdoshlar oilasiga mansub bir yillik o’simlik. Bo’yi 30 — 80 santimetr. Bargi to’garak yoki tuxumsimon. Guli bir yoki ikki jinsli. Mevasi dumaloq, diametri 5,5 — 6 santimetr. Xushbo’yligi bilan boshqa qovunlardan ajralib turadi. Atirqovun ekilishiga qarab iyul — sentabr oylarida gullaydi. Yer yuzida keng tarqalgan. Uni O’rta Osiyo, Zakavkazye, Eron, Afg’oniston, Kichik Osiyo, O’rta dengiz bo’yi, Amerika va boshqa yerlarda uchratish mumkin. Atirqovun O’zbekistonning deyarli hamma viloyatlarida, ayniqsa, Surxondaryo va Xorazm viloyatida manzarali o’simlik sifatida ekiladi.
O‘xshash so‘zlar
- ATKA haqida nimani bilasiz?
- ATLANT Saturn yo’ldoshi haqida nimani bilasiz?
- ATLANT bezak haykaltaroshligi asari haqida nimani bilasiz?
- ATLANT, ATLAS haqida nimani bilasiz?
- ATLANTA haqida nimani bilasiz?
- ATLANTIDA haqida nimani bilasiz?
- ATLANTIKA BO’YI PASTTEKISLIGI haqida nimani bilasiz?
- ATLANTIKA OKEANI haqida nimani bilasiz?

