Atrof muhitning ifloslanishi nima?

Bizni qurshab turgan atrof muhit nima o’zi? Bu, biz istiqomat qiladigan, mehnat bilan shug’ullanadigan va dam oladigan joylardir. Atrof muhitning ifloslanishi kishilar nihoyatda tig’iz to’plangan joylarda: sanoat tumanlarida yoxud shaharlarda yuqoriroq bo’ladi. Ifloslanishning har xil turlari o’simliklarga, hayvonlarga va odamlarga zarar yetkazadi. Insonning ishlab chiqarish va turmush kechirish faoliyati u yashaydigan muhitni zaharlaydi. Tevaragimizdagi muhitni nimalar zaharlaydi? Ro’zg’or chiqindilari (ular tarkibida ko’plab plastmassa, shisha va qog’oz mavjud), bulg’angan suvlar, zavodlarning mo’rilaridan burqsib chiqayotgan tutunlar va gazlarning ulkan massasi. Tabiat ifloslanishdan barchasidan ko’ra ko’proq zarar ko’radi. Oldinlari odamlarning salmoqli qismi qishloq joylarida kun kechirar edi. Aholi o’sib borishi bilan sanoat taraqqiy etdi va endilikda yerdagi aholining asosiy ko’pchiligi shaharlarda istiqomat qiladi. Uzoq yillar davomida kishilar sanoat ifloslantirishini inobatga olmadilar yoxud unga e’tibor bermadilar. Endilikda biz havoning (mo’rilardan burqsiyotgan fabrika tutunlari, yengil va yuk mashinalari, tayyoralarning ishlangan gazlaridan), tuproqning (kimyoviy o’g’itlar va zaharli chiqitlardan) va suvning ifloslanishi to’g’risida kuyinib gapiramiz. Siz, muqarrarki, suvda turli-tuman mitti jonzotlar kun kechirishini bilasiz. Ular suvni toza saqlashga yordam beradilar. Rost, bugun bu ishni bajarish ilgarigidek oson emas, chunki daryolarimizda chiqitlarning ulkan miqdorlari vujudga kelgan.