AUKSOXROMLAR

AUKSOXROMLAR (Yunoncha auxo — o’stiraman va chroma — rang, bo’yoq) — bo’yoqlarning bo’yalish xususiyatini kuchaytiruvchi, ya’ni ularning mato va gazla-malarga singish xususiyatini oshiruvchi kimyoviy guruhlar. Ularga gidroksil guruh (on), amin guruh (NH2), imin guruh (NH), merkaptoguruh (SH) va boshqalar kiradi. Auksoxromlar bo’yoqlarning rangini ochadi.