AUSKULTASIYA nima degani?
AUSKULTASIYA (lotincha auscultatioeshitish) — ichki a’zolarda yuzaga keladigan tovushlarni eshitib, ular faoliyatini va holatini tekshirish usuli. Masalan, yurak urishini eshitib, uning sog’ yoki kasalligini aniqlash. Auskultasiyada badanning tegishli qismiga shifokor quloq tutadi (bevosita Auskultasiya) yoki maxsus asboblar (stetoskop, fonendoskop yoki stetofonendoskop) qo’yib eshitib ko’radi (bilvosita Auskultasiya). Auskultasiya tibbiyot amaliyotida yurak, o’pka, qon tomir kasalliklarini, shuningdek qon bosimini aniqlashda muhim diagnostik ahamiyatga ega.
O‘xshash so‘zlar
- AUSTENIT nima degani?
- AUSTERLIS JANGI haqida eshitganmisiz?
- AUTBRIDING nima degani?
- AUTEKOLOGIYA nima degani?
- AUTIGEN MINERALLAR nima degani?
- AUTO… nima degani?
- AUTOALLERGIYA nima degani?
- AUTOANTIGENLAR nima degani?











