Mejneyronniye svyazi, neyronlararo bog’lanishlar nima degani
Mejneyronniye svyazi, neyronlararo bog’lanishlar nima degani – sinapslar yordamida amalga oshiriladigan neyronlar o’rtasidagi (aksonosomatik, aksonodendritik, aksonoaksonal) aloqalar.

Mejneyronniye svyazi, neyronlararo bog’lanishlar nima degani – sinapslar yordamida amalga oshiriladigan neyronlar o’rtasidagi (aksonosomatik, aksonodendritik, aksonoaksonal) aloqalar.
Mezenterium (mezenteriy, brijeyka), ichak tutqich nima degani – qorindagi har bir a’zo oyoqchasini qoplab, qorin devoriga biriktirib turadigan qorin pardasining burmsi.
Mezoadenit (mezenteriit) nima degani – ichak tutqichlar (charvi) limfatik bezlarining yallig’lanishi; bolalik va yoshlik davrida uchraydi. Bunga ko’pincha sil kasalligi sabab bo’ladi.
Mezotimpanit nima degani – o’rta quloqning surunkali yiringli yallig’lanishi, bunda quloqdan yiring oqadi. Nog’ora parda teshiladi. Granulyatsion to’qimalar o’sib, poliplar paydo bo’lishi mumkin.
Menstrualniy tsikl, hayz ko’rish sikli (davri) nima degani – ayollar haz ko’rishining birinchi kunidan keyingi hayzning birinchi kunigacha bo’lgan davrda organizmda umumiy o’zgarishlar bilan birga jinsiy tizimda birin-ketin rivojlanadigan o’zgarishlar … Read More
Meningoradikulit nima degani – orqa miya pardasi va nervlarning umurtqa oralig’idan chiqish yoki kirish joyidan yallig’lanishi. Bunga zaxm, sil, so’zak va boshqa yuqumli kasalliklar sabab bo’ladi.
Menstruatsiya, hayz nima degani – qiz rasta bo’lgach va ayollar jinsiy yetilgan davrda bachadonidan muntazam ravishda (har 21-30 kunda) qonli chiqindilar kelib turishi.
Mertsatelnaya aritmiya, titroq aritmiya nima degani – yurak bo’lmachalari ishi buzilishidan kelib chiqadigan yurak qisqarish ritmi buzilishining bir turi.
Metakarpus nima degani – qo’l panjasining qismi bo’lib, beshta suyakdan iborat. Asoslari bilan bilak osti suyaklariga, boshchalari bilan esa barmoqlarning birinchi falangalariga ulanadi. Bilak osti suyaklari (zapastye) – 8 dona … Read More
Metabolizm nima degani – moddalar almashinuvi; tirik organizmda ro’y beradigan assimilyatsiya va dissimilyatsiya jarayonlaridan tashkil topgan kimyoviy o’zgarishlar majmuasi.