Zootsenozlar
Zootsenozlar – ma’lum sharoitlarda birga1ikda yashayotgan hayvonlar majmui. Biotsenozning tarkibiy qismi.

Zootsenozlar – ma’lum sharoitlarda birga1ikda yashayotgan hayvonlar majmui. Biotsenozning tarkibiy qismi.
Zoospora – ba’zi zamburug’lar va yashil suvo’tlarining harakatchan sporalari.
Zoologiya – biologiyaning asosiy bo’limlaridan biri; hayvonlarning xilma- xilligi, tuzilishi, hayot faoliyatining xususiyatlari, tarqalishi, yashash muhiti, o’zaro aloqasi va boshqalarni o’rganadi.
Zoolit, toshhayvonlar – toshga aylangan qazilma hayvonlar.
Zoogigiyena – Hayvonlar gigiyenasi – qishloq xo’jalik hayvonlarining sog’liq va mahsuldorligiga muhit ta’sirini o’rganuvchi fаn.
Zoofiliya – o’simliklarning hayvonlаr yordamida changlanish jarayoni.
Zoofag – Go’shtxo’r – hayvonlаr bilan oziqlanuvchi organizmlar.
Zoobentos – chuchuk va dengiz suv havzalari ostida yashovchi hayvonlar majmui.
Zoo … – hayvonot olamiga taalluqlikni bildiruvchi murakkab so’zlar qo’shimchasi.
Zirhlilar – chalatishli sut emizuvchilar oilasi. Ular gavdasi ustidagi himoyalovchi suyak shoxsimon moddali zirhli qalqonchalar bilan qoplangan.