UCHBURCHAK

UCHBURCHAK (lotincha Triangulum) — osmonning shimoliy yarim sharida joylashgan kichikroq yulduz turkumi. Yer sharining o’rta kengliklarida yozda, kuzda va qishda yaxshi ko’rinadi. Eng yorug’ yudduzlari 3,0 va 3,4 yulduz kattalikda.

UCHAR ITLAR

UCHAR ITLAR, tungi qanotdorlar (Bousettus) — qanotdor ko’rshapalaklar urug’i. Gavdasining uzunligi o’rtacha 13 santimetr, dumi 1,4 santimetr. 13 turi bor. Afrika, Janubiy Osiyo, Malayziya va tinch okeanidagi orollarda tarqalgan. G’orlar … Read More

UCHO’CHOQ CHO’QQISI

UCHO’CHOQ CHO’QQISI Surxondaryo viloyati Sho’rchi tumanidagi tog’cho’qqisi. Bobotog’ning davomi — Oqtog’ning eng baland joyi (751 metr). Surxondaryo va Kofarnihon daryolari oralig’ida. Atrofi soyliklardan iborat. Neogen jinslaridan tuzilgan. Ucho’choq cho’qqisi yaqinidan … Read More

«VISHI»

«VISHI» — Frantsiyada 1940 yil iyul — 1944 yil avgustda mamlakatni nemis qo’shinlari okkupatsiya qilib turishgan davrda mavjud bo’lgan qo’g’irchoq tuzumning nomi. A. F. Leten hukumati o’rnashgan Vishi shahri nomidan … Read More

VISHAPLAR

VISHAPLAR — balandligi 5 metrgacha bo’lgan toshdan yasalgan baliq haykallari; qadimda (miloddan avvalgi 2 – yoxud 1-ming yillikda) suv va hosildorlik ma’budini aks ettirgan. Kavkaz va Mo’g’ulistonda uchraydi.

VITSE…

VITSE… (lotincha vice — o’rniga) — qo’shma so’zning tarkibiy qismi bo’lib, yordamchi, o’rinbosarlik lavozimi ma’nosi ifodasini anglatadi (masalan, vitse-Prezident, vitse-admiral).

VIFLEEM

VIFLEEM (cherkov-slavyancha; qadimgi yahudiycha Betlexem, hozirgi Bayt-Laxm) — Falastindagi shahar, Quddusning Janubda. Bibliyaga binoan podshox. Dovudning vatani va Iso payg’ambar tavallud topgan joy.

GIPER…

GIPER… (Yunoncha hyper — yuqori, o’ta) — qo’shma so’z tarkibiy qismi bo’lib, o’zi qo’shilgan so’zga: 1) yuqoridalik; 2) me’yordan ortiqlik (masalan, gipertoniya), o’ta darajadalik ma’no ifodalarini beradi.

GINEKOKRATIYA

GINEKOKRATIYA (Yunoncha qune — ayol va kratos — hokimiyat) — ayollar hokimiyati. Jamiyat taraqqiyotining xo’jalikda, ijtimoiy va siyosiy hayotda ayollar hukmronligidan iborat bosqichi. Fanda ko’pincha matriarxat termini ishlatiladi.