UCHAR ITLAR

UCHAR ITLAR, tungi qanotdorlar (Bousettus) — qanotdor ko’rshapalaklar urug’i. Gavdasining uzunligi o’rtacha 13 santimetr, dumi 1,4 santimetr. 13 turi bor. Afrika, Janubiy Osiyo, Malayziya va tinch okeanidagi orollarda tarqalgan. G’orlar ichida yashaydi. Qorong’i g’orlarda exolokasiya yordamida mo’ljal oladi. Ba’zan barcha qanotdor ko’rshapalaklar «uchar itlar» deb ataladi.