AERONOMIYA

AERONOMIYA (Aero… va Yunoncha nomos — qonun) — ATM.ning yuqori qatlamlarini o’rganuvchi fan. Aeronomiyadagi ilmiy tadqiqot usullari: raketalar va sun’iy yo’ldoshlar yordamida ATM.ni zondlash, radioto’lqinlarning tarqalishini kuzatish, spektral analiz (tahlil). … Read More

AERONAVTIKA

AERONAVTIKA (Aero… va Yunoncha nautike — kemani boshqarish) — havodan yengil uchish apparatlari (dirijabl, aerostat va boshqalar) da parvoz qilish va havodan og’ir uchish Apparatlarida uchish to’g’risidagi ta’limot.

AERONAVIGATSIYA

AERONAVIGATSIYA (Aero… va lotincha navigation — kemada suzish) — uchish apparatlarini belgilangan trassadan xarita, kompas, radioasboblar va boshqa vositalar yordamida uchirib borish to’g’risidagi fan.

AERON

AERON — 1) qayt qilishga qarshi vosita, tarkibida giossiamin va skopolamin tuzlari bo’lgan tabletka. Samolyotda uchganda, kemada suzganda va homiladorlikda yuz beradigan ko’ngil aynish hamda qayt qilishning oldini olish va … Read More

AEROMAYOQ

AEROMAYOQ — kechasi va tuman vaqtida samolyotlarga mo’ljal beradigan, kuchli yorug’lik manbalari bilan ta’minlangan qurilma; inshoot.

AEROMAGNITOMEGR

AEROMAGNITOMEGR – yerning magnit maydonini samolyot va boshqalar uchish apparatlaridan o’lchash uchun ishlatiladigan asbob. Ikki turi — induktsion va ferrozondli Aeromagnitomegr qo’llaniladi. Induktsion Aeromagnitomegrlarda o’z o’qi atrofida aylanadigan simlar o’ralgan … Read More

AEROMAGNIT SURATGA OLISH

AEROMAGNIT SURATGA OLISH (s’yomka) — yer magnit maydonini samolyotlar yordamida o’rganish usuli. Bu usul Aeromagnitometr ixtiro qilingandan (1936) keyin qo’llanila boshlandi. Keyinchalik temir konlarini qidirish, geologik xaritalar tuzish va ularni … Read More

AEROLOSIYA

AEROLOSIYA (Aero… va gollandcha loodsen —kemani olib yurish) — havo yo’lining mukammal tafsiloti (xaritasi). Shturmanning, shturmansiz uchish apparatlarida esa uchuvchining xatarsiz va adashmay uchishini ta’minlash uchun tuziladi. Aerolosiya havo yo’lining … Read More

AEROLOGIYA STANTSIYASI

AEROLOGIYA STANTSIYASI – shamol, temperatura, bosim va namlikni muntazam kuzatib boruvchi stansiya. Aerologiya stantsiyasida yer ustidagi meteorologik kuzatishlar va aerologik o’lchash natijalari tegishli tashkilotlarga yuborib turiladi. Asosan radiozond, aerostat, meteograflar, … Read More

AEROLOGIYA

AEROLOGIYA (Aero… va Yunoncha logos — so’z, tushuncha, bilim) — ATM. fizikasining erkin atmlagi (yer sirtiga tutashuvchi qatlamdan balanddagi) fizik hodisalar va jarayonlarni o’rganuvchi bo’limi. Balandliklarda ATM. tarkibi, bulut va … Read More