AFZALXON XATTAK

AFZALXON XATTAK (1687-1748) — afg’on tarixchisi va shoiri. Xattaklar avlodidan. Pushtu tilida ijod etgan. Xushholxon Xattakning nabirasi. Otasi Ashrafxon hijriy vafotidan keyin xattaklar xonligiga boshliq qilib tayinlangan. O’zining «Tarixi murassa’» … Read More

AFZALBOJLAR

AFZALBOJLAR, bojxona tarifi preferentsiyalari — bir yoki bir necha davlatning tovar importi uchun eng qulay sharoitlar yaratish maqsadlarida belgilangan bojxona bojlari. Shu mamlakatlarning jami yoki ayrim tovarlari turi uchun qo’llaniladi. … Read More

AFELIY

AFELIY (apo… va Yunoncha helios — Quyosh) — Quyosh atrofida aylanuvchi Sayyora, kometa yoki biror kosmik jism orbitasining Quyoshdan eng uzoq nuqtasi. Afeliyda Quyoshdan Yergacha bo’lgan masofa 152 million kilometr … Read More

AFV ETISH

AFV ETISH — sud hukmi bilan jazo tayinlangan biror shaxsni jinoiy javobgarlikdan ozod qilish yoki unga berilgan jazoni yengillatish. Odatda, davlat boshlig’ining qarori bilan amalga kiritiladi. O’zbekiston Respublikasida sudning hukmi … Read More

AFARUN

AFARUN — ilk o’rta asrlarda Sug’d podsholigining Panch (Panjikent) viloyat hokimligiga qarashli ma’muriy hududlardan birining hokimi. Movarounnahrda Arab futuhotlari davrida Panch hokimi Devashtichga yaqindan yordam berib turgan nufuzli shaxs.

AFANIZOMENON

AFANIZOMENON (Aphanizomenon Mogg) — ko’k-yashil suvo’tlar bo’limining bir turkumi. Chuchuk suvlarda ko’p uchraydi. O’rta Osiyo suv havzalarida 4 ta turi bor. Afanizomenon ba’zan suvning «gullashi»ga sabab bo’ladi.

AFANDI

AFANDI — turkiy xalqlar og’zaki ijodidagi obraz. Ismi Xo’ja Nasriddin (Afandi laqabi). U o’zbeklarda Afandi (Nasriddin afandi), turklarda Xoja Nasriddin, qozoqlarda Xo’ja Nosir, ozarbayjonlarda Mulla Nasriddindir. Afandi barcha latifalarda mard, … Read More

AFANASEVO MADANIYATI

AFANASEVO MADANIYATI – Janubiy Sibirdagi eneolit davriga oid arxeologik madaniyat (miloddan avvalgi 3-2 ming yillik boshlari). Xakasiya Respublikasidagi Afanasevo tog’idan topilgan qabriston nomidan olingan. Manzilgohlar, qabristonlar ko’plab topilgan. Xo’jaligi chorvachilik, … Read More

AFANASEVA ZINAIDA IVANOVNA

AFANASEVA ZINAIDA IVANOVNA (1907.26.9, Sankt-Peterburg – 1975.8.8, Toshkent) — balet o’qituvchisi. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1955). 1919-25 yillarda Leningrad xoreografiya bilim yurtida, shuningdek uning pedagoglar tayyorlaydigan bo’limida o’qigan. 1942-46 … Read More

AFANAK PULI

AFANAK PULI — Xiva xonligida qazuvga chiqish to’g’risidagi e’lonni biron bir qishloqdagi dehqonlarga yetkazgani uchun xabarchining qazuvchilardan o’z foydasiga yig’ib oladigan xabar puli. Xabarchi, qoidaga ko’ra, har bir qazuvchidan ikki … Read More