AYNIY SURILMASI

AYNIY SURILMASI – 1964 yil 24 aprel. Toshkent vaqti bilan soat 13 dan 30 minut o’tganda Zarafshon daryosining yuqori oqimida, Tojikistondagi Ayniy (sobiq Zahmatobod) qishlog’idan 1 kilometr yuqorida (Samarqand shahridan … Read More

AYNIY ZARRALAR

AYNIY ZARRALAR – fizik xossalari (massasi, elektr zaryadi, spini va hokazolar) bir xil bo’lgan zarralar; kvant mexanikoyu bunday zarralarni mohiyat jihatdan farq qilib bo’lmaydi, deb qaraladi.

AYNIY

AYNIY (taxallusi; asl ismi Sadriddin Saidmurodzoda) (1878.15.4, Buxoro viloyati, G’ijduvon tumani — 1954.15.6, Dushanba) — yozuvchi, olim, jamoat arbobi. O’zbek va tojik tilida yozgan. Tojikiston Fanlar Akademiyasi akademigi va birinchi … Read More

AYNIGAN YARIMO’TKAZGICH

AYNIGAN YARIMO’TKAZGICH – tok o’tkazishda qatnashuvchi elektronlar yoki «teshiklar» kontsentrasiyasi yetarli darajada yuqori (1018-1020 santimetr kub) bo’lgan yarimo’tkazgich. Bunda elektronlar yoki «teshiklar» gazi aynish holatida bo’ladi (nomi shundan). Fermi sathi … Read More

AYNIGAN ELEKTRON GAZ

AYNIGAN ELEKTRON GAZ – xossalariga zarralar ayniyligi sezilarli ta’sir ko’rsatuvchi elektron gaz. Nazariy jihatdan elektron gazni mutlaq nol temperaturada batamom aynigan deyish mumkin. Aynigan elektron gaz modeli metallarning hozirgi zamon … Read More

AYNIGAN GAZ

AYNIGAN GAZ — zarralarning o’zaro kvant-mexanik ta’siri tufayli xossalari ideal gaz xossalaridan farq qiladigan gaz. Kvant mexanikada bir xil energiyali zarralarning har xil kvant holatda bo’lishiga aynigan holat deyiladi. Shuning … Read More

AYMOQLAR

AYMOQLAR — Afg’oniston va O’zbekistonda yashovchi bir qancha turkiy qabila, urug’larning umumiy nomi. 15-16-asrlarda Farg’ona vodiysida, hozirgi Qashqadaryo viloyatida yashagan. Asrlar o’tishi bilan O’zbekiston hududidagi Aymoqlar o’zbeklar tarkibiga kirib, o’z … Read More

AYMOQ

AYMOQ — 1) mo’g’ul va turkiy xalqlarda qadimgi urug’larning parchalanishidan kelib chiqqan turli tarmoqdagi o’zaro qon-qardosh oilalar birlashmasi yoxud Ittifoqi; o’rta asrlarda mo’g’ullarda yirik yer-mulk, ba’zan xonlik. 2) Rossiyaning Buryatiya … Read More

AYMEDOVA

AYMEDOVA Maygo’zal (1941.28.5) – turkman aktrisasi. 1964 y.dan Ashxobod yosh tomoshabinlar teatrida. 1961 yildan filmlarda suratga tushgan. Eng yaxshi rollari: Jahon («Toshqal’adagi hodisa»), Og’ulkiyik («Kelin»), Ortiqgul («Ayol otni egarlaganda»), Oqjamol … Read More

AYMARA TILI

AYMARA TILI — aymara xalqining tili. Boliviyadagi 3 ta rasmiy tilning biri. An’anaga ko’ra indeyslar tillarining kechumara (kechuaaymara) oilasiga mansub. Yozuvi lotin alifbosi asosida.