AREAL

AREAL (lotincha area — maydon, makon) — o’simlik yoki hayvonlarning biror turi, turkumi yoki oilasi tarqalgan hudud. Yaxlit (yalpi) Areal va ajralgan (bo’lingan) Areal farqlanadi. Agar bir Arealdagi o’simliklarning turlari … Read More

ARDOB

ARDOB (fors, ord —un, ob — suv) — 1) un yoki dondan tayyorlanadigan suyuq yovg’on ovqat; 2) chorva mollariga berish uchun suvga un chalib tayyorlanadigan ozuqa.

ARDLONKAT

ARDLONKAT — Farg’ona vodiysidagi qadimgi shahar nomi (10-asr). Ibn Havqomning yozishicha, Ardlonkat — Jidgil (Chatqol) viloyatining markazi. Ardlonkat juda obod, mevazor, ko’rkam bo’lgan. Uning atrofida Kulishchak, Xambarak, Sitamgunjanoh kabi obod … Read More

ARDISTON MASJIDI

ARDISTON MASJIDI – qadimgi Eron me’morligi an’analari asosida kurilgan bino (11 — 12-asrlar). To’rt tomoni ravoqli ayvon; bular o’zaro ravoqlar tizmasidan iborat xonalar bilan bog’lanadi. Ravoqlardagi naqshlar kufiy xati va … Read More

ARDENNA OT ZOTI

ARDENNA OT ZOTI – og’ir yuk tortuvchi ot zoti. Belgiyaning Janub va Frantsiyaning shimoli-sharqidagi Ardenna tog’ligi rayonida (nomi shundan) chiqarilgan. Ardenna ot zotining tirik vazni 600— 700 kilogramm, balandligi 148-160 … Read More

ARDASHIR I

ARDASHIR I, Artashir Papakon (taxminan milodiy 180 — 239 yoki 241) — Erondagi sosoniylar sulolasi asoschisi va dastlabki shohi. Ardashir I ning bobosi Soson Fors poytaxti — Istaxr shahridagi bosh … Read More

ARDASHER QAVCHIN kim bo’lgan?

ARDASHER QAVCHIN (14-asr) – Amir Temurning safdoshi va lashkarboshisi, qavchin urug’ining beklaridan. Amir Husaynga qarshi kurashda faol qatnashgan. 1370 yil aprelda uning ustidan g’alaba qozonilganidan so’ng Ardasher qavchinga amiri lashkar … Read More

ARDABIL

ARDABIL (Ardubiyl) — Eronning shimoliy-sharqidagi shahar. Aholisi 290 ming kishi atrofida. Avtomobil yo’llari tuguni. Aeroport bor. Ardabilda qadimdan gilam to’qiladi. Shaharda Ozarbayjon me’morchiliginining 14-17-asrlarga oid noyob obidalari namunasi saqlangan. Ardabil … Read More

ARD G’UL

ARD G’UL (turkiycha ard — sirt, orqa; g’ul — qanot, markaz) — o’rta asrlarda O’rta Osiyoda qo’shinning orqa tarafida uni dushmanning orqadan favqulodda hujumidan qo’riqlab boruvchi maxsus harbiy qism.