AMPER-SOAT

AMPER-SOAT — elektr miqdorining tizimga kirmagan birligi. Amper-soat elektr tok kuchi 1 amper bo’lganida bir soat davomida o’tkazgichning ko’ndalang kesimidan o’tgan elektr zaryadiga teng. Akkumulyatorlar zaryadi odatda Amper-soat bilan ifodalanadi.

AMPEROMETRIK TITRLASH

AMPEROMETRIK TITRLASH – hajmiy analizning elektr-kimyoviy usullaridan biri. Bunda titrlashning oxirgi nuqtasi titrlash jarayonida eritmadan o’tayotgan diffuzion tok kuchining o’zgarishiga qarab aniqlanadi. Amperometrik titrlashda polyarografik indikator elektrodi sifatida simob tomchisi, … Read More

AMPERMETR

AMPERMETR (amper va … metr) — o’zgarmas va o’zgaruvchan tok kuchini o’lchaydigan asbob; elektr zanjiriga ketma-ket ulanadi. Shkalasi asbobning o’lchash chegarasiga muvofiq mikroamperlarda, milliamperlarda, kiloamperlarda darajalarga bo’linadi. O’lchash chegarasini oshirish … Read More

AMPERVOLTVATTMETR

AMPERVOLTVATTMETR – tok kuchi, kuchlanish va quvvatni o’lchaydigan universal asbob. Ishi chulg’amlarda tokning o’zaro ta’siriga asoslangan. Tok kuchini o’lchashda Ampervoltvattmetrning birlamchi chulg’ami zanjirga ketma-ket ulangan tok transformatorining ikkilamchi chulg’amiga ketma-ket … Read More

AMPER QONUNI

AMPER QONUNI – bir-biridan muayyan masofada joylashgan o’tkazgichlarning kichik bir qismidan oqayotgan ikki tokning o’zaro mexanik ta’siri haqidagi qonun. Amper qoidasidan shunday xulosa chiqadi: bir tomonga oqayotgan tokli parallel o’tkazgichlar … Read More