ALBON

ALBON (turkiy) — chingiziylar davrida mahsulot bilan to’lanadigan soliq, o’lpon. 12-14-asrlarga oid turkiy hujjatlarda ishlatilgan.

ALBANLAR

ALBANLAR (o’zlarini shkiptar deb ataydilar) — Albaniya Respublikasining asosiy xalqi. Umumiy soni 6,1 million (1992). Albaniyada 3,250 million kishi, Yugoslaviyada (1,985 million kishi), Makedoniyada (500 ming kishi), Italiyada, Gresiyada, Rossiya … Read More

ALBANIYA

ALBANIYA, Albaniya Respublikasi (Republika e Shgiperise) — Bolqon yarim orolining Janubi-g’arbidagi davlat. Adriatika va ioni dengizlari sohilida joylashgan. Ma’muriy jihatdan 36 retaga bo’lingan. Poytaxti alohida ma’muriy birlik qilib ajratilgan. Maydoni … Read More

ALBAN QO’ZG’OLONI

ALBAN QO’ZG’OLONI (1912) – alban xalqining Turkiya hukmronligidan xalos bo’lish maqsadida ko’targan umumxalq qo’zg’oloni; unda xristianlar bilan birga musulmon aholi ham ishtirok etdi. Shimoliy Albaniyaning tog’li tumanlarida yashovchi dehqonlarning mart … Read More

ALBAN TILI

ALBAN TILI — alban xalqining tili. Albaniya Respublikasining davlat tili. Hind-Yevropa tillari maxsus guruhiga kiradi. Alban tilida 3 milliondan ortiq kishi so’zlashadi, 2 katta dialektga bo’linadi: shim. (GEG), Janubiy (Tosk). … Read More

AL-AHMAR MASJIDI

AL-AHMAR MASJIDI – Qohiradagi fotimiylar davri me’moriy va amaliy bezak san’ati yodgorligi (1125). Hovli (10×10 metr) atrofidagi gumbazli binolar oldi ravoqlar qatori bilan o’ralgan. Bosh tarzi ravoqlari, mehrobi, tosh o’ymakorligida … Read More

ALAXDASH

ALAXDASH, deliriy — ong o’zgarishining bir turi, voqealarni anglash qobiliyatining buzilishi. Alaxdash vaqtida bemor ko’pincha bezovtalanib, ko’ziga turli-tuman qo’rqinchli narsalar (masalan, hayvonlar) ko’rinadi, uni ayblovchi, haqoratlovchi tovushlar eshitadi, ba’zan o’zini … Read More

ALASHAN

ALASHAN — Xitoyning shimolidagi cho’l, Nanshan tog’laridan shimoli-sharqda. Maydoni qariyb 170 ming kilometr kvadrat. Alashanning yer yuzasi past tog’lar, qumli va toshloq yerlardan iborat to’lqinsimon tekislik. Katta qum massivlari ko’chib … Read More

ALASH O’RDA

ALASH O’RDA — qozoq xalqining milliy ozodlik, mustaqillik uchun kurashiga rahbarlik qilgan milliy partiyasi va Muxtor hukumati (1917 yil aprel — 1920 yil mart). 1917 yil 27 aprel – 7 … Read More

«AL-AXROM»

«AL-AXROM» («ehrom») — kundalik gazeta. Qohirada 1875 yildan Arab tilida chiqadi. Chet ellarda o’z muxbirlariga ega, ko’pgina Arab mamlakatlariga tarqatiladi.