Tunuka
Tunuka – qalinligi 0.10-0.36 millimetr bo’lgan sovuq o’ralgan tavlangan po’lat. Masalan: ruxlangan tunuka.
Tunuka – qalinligi 0.10-0.36 millimetr bo’lgan sovuq o’ralgan tavlangan po’lat. Masalan: ruxlangan tunuka.
Tumba (ustuncha) – trotuar yoki yo’l yaqinidagi keng va past ustun; biror narsa uchun stend (masalan, stol shkafi); arxitekturaviy element; yig’ilgan holatida tumba vazifasini bajaruvchi stol; qadimgi Rim me’morchiligida binoning … Read More
Tuman – o’zaro bog’liq elementlari yaxlitligi va majmuaviyligi to’ldirilishi bilan ajralib turuvchi hudud.
Tuynuk (teshik) – bino yopiq joylarini tabiiy shamollatish uchun mo’ljallangan, binoning plinti, devoir yoki shiftidagi kichik teshik. Masalan: ko’ndalang tuynuk, bo’ylama tuynuk, sovuq o’tkazuvchi tuynuk va hokazolar.
Tuynuk (mo’ri) – bino devoir, shipidagi maxsus ishlangan teshik: to’rtburchak, doira shaklida bo’ladi. Xona ichiga yorug’lik tushishini, havo almashinib turishini ta’minlaydi. Me’morlikda panjara bilan bezatilgan. Masalan: havoni tortadigan tuynuk, tutun … Read More
Tuymoq (maydalamoq) – biror narsani maydalash, bir xil mayda massaga aylantirish.
Tumanlarga ajratish (hududlarga ajratish) – hududni tumanlarga bo’lish yoki har qanday muhitda hududlarni aniqlash, ajratish va chegralash jarayoni va natijasi. Masalan: shaharni tumanlarga ajratish, zilzila bo’ladigan hududlarga ajratish va hokazolar.
Tuzsizlantirish – umumiy tuz miqdorini distillangan suv uchun tavsiya etilgan qiymatlarga kamaytirish jarayoni. Qayta ishlash topshirishdan oldin neftdan tuzlar va suvni olib tashlash.
Tuzli eritma – 1) oziq-ovqat mahsulotlarini (sabzavot, baliq va boshqalar) tuzlash yoki namlash uchun sho’r suv (odatda ziravorlar qo’shilgan holda bilan); 2) muhandislikda ishlatiladigan tuzning suvli eritmasi.