AUTOINFEKTSIYA

AUTOINFEKTSIYA (Auto… va infektsiya) — organizmdagi mavjud mikroorganizmlar ta’sirida kasallik paydo bo’lishi. Odam organizmida oddiy sharoitda kasallik qo’zg’atmaydigan va shartli patogen mikroblar deb ataladigan turli mikroorganizmlar uchraydi. Qulay sharoitda (organizmning himoya kuchlari kamayganda) ana shu mikroorganizmlar jonlanib, kasallik paydo kiladi. Antibiotiklarni bemavrid va betartib qo’llash oqibatida ham Autoinfektsiya rivojlanishi kuzatiladi. Autoinfektsiyani odamning terisi va shilliq qavatlarida yashaydigan stafilokokk, ichak tayoqchasi va turli zamburug’lar qo’zg’atadi.