AUTOINTOKSIKATSIYA

AUTOINTOKSIKATSIYA (Auto…, lotincha — ichga va Yunoncha toxicon — zahar) — normal hayot faoliyatida, shuningdek organizmning o’zida ishlab chiqariladigan zaharli moddalar bilan o’z-o’zini zaharlashi. Autointoksikatsiyaga asosan moddalar almashinuvi jarayonida yoki to’qimalar yemirilishida vujudga kelgan zaharli moddalar sabab bo’ladi. Ichakda hosil bo’lgan zaharli moddalarning qonga shimilishi oqibatida ichak Autointoksikatsiyasi kelib chiqadi.