Avgurlar
Avgurlar (lotincha augures, avis-qush so’zidan)-Qadimgi Rimda koxinlar jamoasi, asosan, qushlar parvozi va ovoziga qarab xuolar irodasini ta’bir qilganlar. Avgurlar afsonaviy Romul davrida paydo bo’lgan deb hisoblanganlar. Liviy Numa Pompiliy (miloddan avvalgi 715-672/673) davrida shu nomli davlat lavozimi (umrbod muddatga tayinlangan) ta’sis etilganini aytadi. Miloddan avvalgi 300 yilgi Ogulniy qonuni bo’yicha, Avgurlarning soni 9 nafar (5 nafar plebey qo’shilgan), Sulla davrida 15 nafar, Tsezar zamonida 16 nafar bo’lgan. Avgurlar kohinlikdan tashqari boshqa masalalar bilan ham shug’ullanganlar (masalan, mansabdor shaxslar saylovi bilan bog’liq masalalar).
O‘xshash so‘zlar
- Avliyo
- Avliyo deganda nima tushuniladi?
- Avlod deganda nima tushuniladi?
- Avlos
- Avom
- Avom deganda nima tushuniladi?
- Avorija deganda nima tushuniladi?
- Avorizot deganda nima tushuniladi?











