AVLOD

AVLOD (Arabcha, Valad — bola so’zining ko’pligi) — 1) umumiy ajdodlaridan qarindoshlik munosabatlari bilan bir xilda uzoqlashgan kishilar guruhi. Masalan, ota-onalar, farzandlar, nabiralar — ketma ket kelgan uch Avlod; ota va o’g’il, ona va qiz farzand tug’ilishi oralig’idagi vaqt bir Avlod davri (taxminan 30 yil) sanaladi; bir ajdod (bobo)dan tar qalgan kishilar. Avlod ota va ona avlodiga bo’linadi. Ota Avlodga amaki-amakivachchalar, amma-ammavachchalar, aka-ukalar va ulardan tarqalgan keyingi nasl, ona Avlodga tog’a-tog’avachchalar, xola-xolavachchalar va ulardan tarqalgan nasl kiradi; 2) ma’lum davr kishilari, masalan, yosh Avlod va boshqalar.