AVOKADO
AVOKADO, alligator noki (Persea) — Lavrdoshlarga mansub doim yashil o’simliklar (daraxtlar) turkumi. Subtropik zonada, jumladan, qora dengiz atroflarida o’sadi, O’zbekistonda hozirgacha ekilmagan. Avokado daraxti baland, gullari ikki jinsli, oq. Mevasi (250-600 g) bir urug’li, to’q yashil yoki ko’kimtir-qizil, tarkibida 30% gacha moy, 1,5—4% gacha oqsil bor; yangi uzilgan holda iste’mol qilinadi.