AVTODISPETCHER

AVTODISPETCHER, avtomat dispetcher — boshqariladigan ob’yekt (masalan, metall eritish jarayoni) ning eng maqbul (optimal) ish rejimlarini hisobga olib avtomatlashtirishga imkon beruvchi yalpi boshqarish tizimi («odam va mashina» tizimiga oid). Avtodispetcher tarkibiga operator (dispetcher), boshqaruvchi hisoblash mashinasi (B. h. m.), barcha operatorlarning boshqaruvchi hisoblash mashinasi bilan aloqa qilib turishini ta’minlovchi vositalar, boshqariladigan ob’yektlar bilan telealoqa vositalari, ob’yektlardagi ijro va nazorat organlari kiradi.