AVTOPORTRET

AVTOPORTRET (Yun. autos — o’z, Fransuzcha portrait — tasvir) — portret turi. Avtoportretda rassom yoki haykaltarosh o’zini o’zi tasvirlaydi. Odatda Avtoportret ustida ishlayotganda muallif ko’zgu yoki bir nechta ko’zgulardan foydalanadi, asarda o’z shaxsiyati (obrazi)ni ko’rsatadi, o’z tabiatini, ichki dunyosini, ijodiy falsafasini ifodalaydi. Avtoportret qadimdan mavjud bo’lib, antik davr, o’rta asr, ayniqsa, uyg’onish davrida keng rivojlangan. Avtoportret inson ruhiyati, ma’naviy dunyosini ochib berishga intilish kuchaygan davrlarda ko’plab yaratilgan. Uyg’onish davri san’atkorlari: Rafael, Leonardo da Vinchi, Rembrandt, Dyurer, Van Deyk, Bryullovlarning Avtoportretlari mashhurdir. O’zbekiston tasviriy san’atida Avtoportret 20-asrning 20 — 30-yillaridan keng tarqala boshladi. Rassomlardan A. Volkov, A. Siddiqiy, B. Hamdamiy va boshqalar ham Avtoportret yaratgan. Ayniqsa A. Abdullayev ijodida Avtoportret muhim o’rin egallaydi.