AVTORALLI
AVTORALLI (Avto … va inglizcha Rally — yig’in) — avtomobil sporti bo’yicha kompleks musobaqalar. Bunda muayyan yo’nalish bo’yicha belgilangan harakat jadvaliga aniq rioya qilinadi. Ishtirokchilarning asosiy vazifasi — vaqt nazorati joylariga fursatida yetib kelishi; kechikkanlik yoki barvaqt yetib kelganlik uchun jarima xollari (ochkolar) yoziladi. Avtorallida qo’shimcha sinovlar — shosse, Ippodrom yo’lkalari bo’ylab poygalar, tik qiyalikni bosib o’tish, figurali haydash kabilar kiritilishi mumkin.