AVTORITAR

AVTORITAR (lot. au(c)toritas – hokimiyat, nufuz, ta‘sir) — qattiqqo’l, hokimiyatga so’zsiz bo’ysinishga asoslangan, hokimiyatning bir kishi yoki bir hokimiyat organi qo’lida to’plangan siyosiy rejim. Davlat tuzumida avtoritarlik yagona shaxsning despotik hokimiyati bilan bog’liq. Demokratik fuqarolik an‘analaridan farq qilib, fuqaro va davlat o’rtasida o’zaro mas‘uliyatli munosabatlarni emas, fuqarolarning mas‘uliyatini bir tomonlama o’z zimmasiga oluvchi munosabatlarni anglatadi.