AYLANMA HARAKAT

AYLANMA HARAKAT – qattiq jism aylanganda uning aylanish o’qida yotmagan har bir nuqtasi aylana yasaydigan harakat. Bunda har qaysi aylana tekisligi qo’zg’almas to’g’ri chiziq — aylanish o’qiga tik bo’ladi, aylanalarning markazi esa shu o’qda yotadi. Aylanma harakat burchak tezligi va burchak tezlanishi bilan ifodalanadi.