AYMOQ

AYMOQ — 1) mo’g’ul va turkiy xalqlarda qadimgi urug’larning parchalanishidan kelib chiqqan turli tarmoqdagi o’zaro qon-qardosh oilalar birlashmasi yoxud Ittifoqi; o’rta asrlarda mo’g’ullarda yirik yer-mulk, ba’zan xonlik. 2) Rossiyaning Buryatiya Respublikasi va tog’li Oltoy avtonom viloyatida ma’muriyhududiy birlik (rayon). 3) Mo’g’ulistonda asosan yirik ma’muriy-hududiy birlik.