A’ZAMOV GEORGIY TOJIYEVICH kim bo’lgan?
A’ZAMOV GEORGIY TOJIYEVICH (1954.6.9, Olmaliq shahri- 1986.27.8, Sevastopol shahri yaqinida) — shaxmatchi. Birinchi o’zbek xalqaro grossmeysteri (1984). Sobiq Ittifoq chempionatlari ishtirokchisi (1981, 1983, 1985), ikki karra O’zbekiston chempioni (1976, 1982), O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fizkultura va sport xodimi (1984). Jahon birinchiligi mintaqaviy turniri (Yerevan, 1982) da 7-8-o’rinlarni egallagan. Ko’plab nufuzli xalqaro turnirlarda ishtirok etgan. O’zbekistonda A’zamov xotirasiga bag’ishlab an’anaviy turnir o’tkazib turiladi. Ad.: Muhiddinov M., A’zamovlar sulolasi, T., 1984.
O‘xshash so‘zlar
- A’ZAMOV G’ANI kim bo’lgan?
- A’ZAMOV YO’LDOSH kim bo’lgan?
- A’ZAMXO’JAYEV ANVAR A’ZAMOVICH kim bo’lgan?
- A’ZAMXO’JAYEV SAIDMAG’RUF MAG’RUPOVICH kim bo’lgan?
- AB’OD
- ABDSURD DRAMA
- ABDUG’AFUROV Abdurayim kim bo’lgan?











