A’ZAMXO’JAYEV SAIDMAG’RUF MAG’RUPOVICH kim bo’lgan?
A’ZAMXO’JAYEV SAIDMAG’RUF MAG’RUPOVICH (1917.5.11, Toshkent) — jarroh, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1972), tibbiyot fanlari Doktori (1975), professor (1976). Toshkent davlat tibbiyot instituti sanitariya-gigiyena, keyin stomatologiya fakultetida jarrohlik kasalliklari kafedrasi mudiri (1976 — 91). 1991 yildan professor-konsultant. Ilmiy ishlari asosan jarrohlik masalalari, gastroduodenal qon oqishlar, me’da va o’n ikki barmoq ichak yarasi teshilishi, o’tkir appendisit, xolesistit va pankreatitlar, chandiq kasalligi, «o’tkir qorin» va boshqalarga oid. A’zamxo’jayev portal gipertenziya va jigar tsirrozi, shuningdek o’pka silini jarrohlik yo’li bilan davolash usullarini ishlab chiqqan.
O‘xshash so‘zlar
- A’ZAMXO’JAYEV ANVAR A’ZAMOVICH kim bo’lgan?
- AB’OD
- ABDSURD DRAMA
- ABDUG’AFUROV Abdurayim kim bo’lgan?
- ABDUG’ANIYEV Otag’iyos kim bo’lgan?
- ABDUHAKIMOV Qulijon kim bo’lgan?
- ABDULHAMID II kim bo’lgan?
- ABDULHAMID MAJIDIY kim bo’lgan?


