BALJ

BALJ (inglizcha bulge — qavariqlik) — Galaktikamizning yadrosi atrofidagi qavariqsimon ko’rinishdagi qobiq. Tarkibi asosan qizil gigantlar, mittilar, Liraning RR yulduzi kabi qari yulduzlardan iborat. Massasi Galaktikamizning o’z markaziga nisbatan aylanishi funktsiyasi yordamida hisoblanib chiqilib, 30 milliard. Quyosh massasiga teng ekani aniqlangan. Balj qator boshqa normal spiral galaktikalarda ham kuzatiladi. Uning xususiyatlari har safar elliptik galaktikalarni eslatadi. Baljning paydo bo’lishi galaktikaning katta masshtabdagi global evolyutsiyasi bilan tushuntiriladi, aniqrog’i uning kollaps bosqichi oqibatidir.