BANKLARNING UMUMIY KAPITALI

BANKLARNING UMUMIY KAPITALI – banklarning o’z faoliyatlari (bank operatsiyalari)ni amalga oshirish uchun mo’ljallangan moliyaviy resurslari bo’lib, u banklar tomonidan turli manbalar orqali jalb etilgan pul kapitalidan iborat. Banklarning umumiy kapitali xususiy kapital bilan bir qatorda undan bir necha barobar ko’proq bo’lgan jalb etilgan kapitalni ham o’z ichiga oladi.