Belkantoni kim yaratgan?

Yoqimli, hayratangez o’ynoqiligi va jarangining latifligi bilan ajralib turadigan vokal uslubi bo’lmish belkanto italyanlar tomonidan yaratilgan. Uning ijodkori — Ramono taxallusli Julio Kachchini ekanligini hamma ham bilmaydi. Qanday inson edi o’zi u? Uning operalari musiqasi nafislik va latiflik andozasiga aylangan, bastakorning xushohang va ravon kuylari o’zining mukammalligi bilan hayratga soladi, vokal partiyalari esa koloraturalarning mahorati bilan kishini lol qoldiradi. Italyanchadan tarjima qilganda «latif kuylash» degan ma’noni anglatuvchi belkanto shu tariqa vujudga kelgandi. Buningdek operalar yukini juda ko’pchilik ijrochilar ko’tara olmadilar, italyan qo’shiqchilari o’z ovozlari ustida zo’r berib ishlaydigan bo’ldilar. Tez orada ularning dong’i butun Yevropa bo’ylab tarqaldi. «Latif kuylash»ni o’zlashtirishni istovchilar har tomondan Italiyaga ohib kela boshladilar. Ular belkantoni o’zlashtirishdi va yurtlariga o’z tajribalarini yangidan-yangi qo’shiqchilarga o’rgata boshladilar. Mana, 400 yildirki, Italiya vokal maktablari Julio Kachchini asos solib ketgan belkanto an’analarini asramoqdalar va davom ettirmoqdalar. Xuddi to’rt asr muqaddam bo’lgani singari hozirgi yosh opera qo’shiqchilari o’z mahoratini taniqli italyan ustozlari qo’lida takomillashtirishni orzu qiladilar.