Konservatoriya nima va u ilk daf’a qayerda paydo bo’lgan?

XVII asrda Italiyada tashlandiq yetim bolalar qo’shiq kuylagan bir talay cherkov ibodatxonalari mavjud edi. Ularni yetimlar va tashlandiqlar uchun mo’ljallangan yetimxonalarda saqlashar, yedirib-ichtirishar, kiyintirishar va xorda kaliso qo’shiqlarini kuylashni o’rgatishar edi. Buningdek yetimxonalar Italiyada «konservatoriya» so’zi bilan yuritiladi. «Konservatoriya» lotinchadan tarjima qilinganida «muhofaza qilmoq», «panoh bermoq» degan ma’nolarni anglatadi. Binobarin Italiyada bir talay shunaqa yetimxonalar ochilgan edi. Bora-bora musiqadan ta’lim berish ularda asosiy o’rinni egalladi, «konservatoriya» kalimasi esa o’zining odatiy ma’nosidan yiroqlashib, musiqa bilim yurtini anglata boshladi. Rossiyada birinchi konservatoriya 1862 yilda Peterburgda ochilgan edi. Uning asoschisi ajoyib iste’dodli mug’anniy va pianinonavoz Anton Grigoryevich Rubinshteyn bo’lgan. Petr Ilich Chaykovskiy Peterburg konservatoriyasida tahsil ko’rgan. 1866 yilda xuddi shunday musiqa o’quv muassasasi Moskvada ochilgan, Chaykovskiy unga professor sifatida taklif etilgan edi. Moskva konservatoriyasini, shuningdek Sergey Sergeyevich Prokofev va Dmitriy Dmitreyevich Shostakovich ham bitirib chiqishgan. Hozirgi kunda Rossiyada hammasi bo’lib yigirmaga yaqin konservatoriya bor.