BIOELEKTRONIKA

BIOELEKTRONIKA — bionika fanining maxsus yo’nalishlaridan biri. Tirik organizmlarning tuzilishi va ish faoliyatini tahlil qilish asosida elektronika masalalarini yechadi. Quyidagi muammolarni o’rganadi: hayvonot dunyosi va inson nerv sistemasini tekshirish; mavjud kompyuterlarni va aloka texnikasini yanada takomillashtirish hamda avtomatika va telemexanikaning yangi elementlari va qurilmalarini yaratish maqsadida neyronlar va neyron sistemalarini (zanjirlarini) modellashtirish; turli iqtisodiy va texnikaviy masalalarni hal etish; elektron qurilmalarni o’ta ixchamlashtirish va boshqalar. Axborotga ishlov berish qurilmalari biosxemalar asosida yaratilsa, 3 o’lchamli (hajmiy) elektron tizimlarning 1 sm3ga 10’5-1018 ta integral ventilni joylashtirish mumkin. Bu holda bielektron qurilmalarning ishlash tezligi 100-1000 marta oshadi. Bioelektronikaning bu kutilayotgan afzalliklaridan foydalanib.kelajakda o’ta ixcham hajmiy prosessorlar, intellektual robotlar, o’ta mitti tibbiyot asboblari, hujayrani tiklovchi va yaratuvchi molekulyar elementlar va neyrokompyuterlar ishlab chiqish mumkin bo’ladi.