BIRDMOR MUZLIGI
BIRDMOR MUZLIGI — Antarktidada, yer sharidagi eng katta vodiy muzliklaridan biri. Kugb platosidan tushib Ross shelf muzligiga tutashadi. Uzunligi 200 kilometr. Eni 40 kilometr. Yiliga 6 kilometr kub muz okeanga sinib tushadi. 1908 yil dekabrda Sheklton boshchiligidagi ingliz ekspedisiyasi tomonidan kashf qilingan. Ekspeditsiyani moliyaviy tomondan ta’minlagan Lord U. Birdmor nomiga qo’yilgan.
O‘xshash so‘zlar
- BIRGALIKDA BO’LMAGAN TENGLAMALAR
- BIRHAD
- BIRIKISH REAKTSIYASI
- BIRIKMA
- BIRIKTIRUVCHI TO’QIMA
- BIRINCHI BULG’OR PODSHOLIGI
- BIRINCHI HAYDOV
- BIRINCHI IMPERIYA





