Blokgauz

Blokgauz (nemischa Blockhaus-yog’och uy)-aylanasiga miltiq, pulemyot, ba’zida artilleriya qurollaridan o’q otishga mo’ljallangan mudofaa inshootlari (yog’och, beton va boshqa mahsulotlardan yasalgan devor, to’siqlarga ega bo’lgan, garnizon uchun yashash xonalari qurilgan). 1-va 2-jahon urushlarida, asosan, ko’priklarni, tog’ yo’llarini, shaharlarni va boshqalarni himoya qilish maqsadida qo’llanilgan.