BO’NOQXON

BO’NOQXON, Bonyak (? 1167 yildan so’ng) — qipchoqlar (poloveslar) xoni. Kiyev Rusi va Vizantiyaga muttasil chopqunlar qilib turgan. Yilnomalarda dastlab 1096 yil Kiyevga hujum qilganligi munosabati bilan yodga olingan. 1097 va 1105 yillarda rus yerlariga yana qayta chopqun uyushtirgan. 1107 yil Vladimir Monomax, Svyatopolk, Oleg va boshqa rus knyazlari qo’shinlari tomonidan mag’lub qilingan. Yilnomada so’nggi bor 1167 yilda, Knyaz Oleg Svyatoslavichdan mag’lub bo’lganida yodga olingan.