BO’R

BO’R — bo’sh tsementlangan cho’kindi tog’ jinsi. Bo’r bo’r davri iliq dengiz havzalarining 30-500 metr va undan chuqurroq joylarida kokkolitoforid (70— 90%) va foraminifera (20% gacha) mikroorganizmlari qoldiqlaridan hosil bo’lgan. Rangi oq. Gil va qum qo’shimchalari Bo’rga sarg’ish yoki kulrang tus beradi. Bo’rda kremniy, pirit va fosforit g’uddalari uchraydi. Kamdan kam Bo’rda mollyuskalar chig’anoqlari, mshanka, dengiz tipratikanlari, marjon va boshqa skeletlari uchraydi. Bo’r mezozoy erasi bo’r davri jinslarida ko’p uchraydi. Ukraina (Donesk havzasi), Rossiya Federatsiyasi (Kursk, Voronej viloyatlari), Qozog’istonda (Mang’ishloq) ko’p.