Botmon

Botmon-Sharq mamlakalari, jumladan, O’rta Osiyoda qadimgi davr va o’rta asrlarda mavjud bo’lgan og’irlik o’lchovi birligi. Botmon turli davrlarda turli joylarda miqdori o’zgarib turgan. Masalan: XIX asrda bir botmon Xivada 20,16 kilogrammdan 40,95 kilogrammgacha, Buxoro va Samarqandda – 8 pud (1 pud-16 kilogramm), ya’ni 131,44 kilogramm, Farg’onada – 8-10 pud, ya’ni 131.44 kilogrammdan 163, kilogrammgacha, Toshkentda-10,5 pud, ya’ni 171,99 kilogrammga teng bo’lgan. Shuningdek, O’rta Osiyoda botmon yer o’lchovi sifaida ham qo’llanilgan, ya’ni bir botmon og’irlikdagi bug’doy sepilishi mumkin bo’lgan yer bir botmon hisoblangan. Bu taxminan bir gektarga teng sath o’lchov belgisi bo’lgan.