Bozorshab

Bozorshab-o’rta asrlarda O’rta Osiyoning yirik shaharlarida bayram va ro’za kunlari uyushtirilgan ommaviy ko’ngil ochik kechalari. Bozorshabda shaharning bosh ko’chalaridan biri yoki maydon bezatilib, choyxona va do’konlar oldiga chorpoyalar qo’yilib, har xil narsalar sotilgan. Karnay-surnay va nog’oralar chalinib, maxsus jarchilar odamlarni bozorshabga chorlagan. O’yin-kulgi, milliy o’yinlar va kurashlar namoyish qilingan. Bozorshab har joyning urf-odati, rasm-rusmlariga qarab turli shaharlarda turlicha o’tkazilgan.