BOYBOBO CHINNISOZ
BOYBOBO CHINNISOZ (? 1876, Qo’qon) — kulol, chinnisoz usta. U yasagan buyumlar shaklining mutanosibligi, chinnisining a’lo sifati, nafis uslubda ingichka mo’yqalam bilan zangori bo’yoqda chizilgan bezaklari bilan ajralib turadi. Taniqli chinnisoz Muso Konibodomiyning ham u bilan birga ishlagani ma’lum. Boybobo chinnisoz shogirdlar tayyorlab yetishtirgan. Boybobo chinnisoz yasagan buyumlar (lagan, kosa va boshqalar) O’zbekiston davlat san’at muzeyida saqlanadi.
O‘xshash so‘zlar
- Boybo‘ta Do‘stqorayev (1941-2021) kim bo’lganini bilasizmi?
- BOYCHECHAK
- BOYCHIBOR
- BOYG’ONIN NURPEYIS
- BOYGALAR
- BOYIRQU
- BOYKEN
- BOYKOT






