Bozargon

Bozargon-o’rta asrlarda viloyat va mamlakatlararo yurib savdo qiluvchi shaxs, savdogar. Bozargonlar oldi-sotdi ishlaridan tashqari ayg’oqchilik ham qilganlar va borgan mamlakatlarining iqtisodiy ahvoli, harbiy qudrati haqida ma’lumot to’plaganlar. Xon va sultonlar odatda o’z elchilarini bozargonlarga qo’shib yuborganlar va shu tariqa o’zlariga kerakli muhim ma’lumotlarni qo’lga kiritganlar.