BRITTEN (BRITTEN) BENJAMIN EDVARD
BRITTEN (BRITTEN) BENJAMIN EDVARD (1913.22.11, Loustoft, Angliya — 1976.4.12, Oldboro) — ingliz kompozitori, pianinochi va dirijyor. Britten musiqaning deyarli barcha janrlarida yetuk asarlar qoldirgan: 20 ga yaqin musiqiy-sahnaviy merosidan «Piter Prayme» (1945), «Yoz tunidagi tush» (1960) kabi operalari dunyo teatrlarida sahnalashtirilgan. Kompozitor bir nechta asarini ma’rifiy-targ’ibiy maqsadda yaratgan. An’anaviy lotin matni va U. Ouen she’rlariga yaratilgan «Harbiy Rekviem» (1961) 20-asrning ibratli asarlari qatoridan o’rin egallagan.
O‘xshash so‘zlar
- BRITTLAR
- BRIZ
- BRIZANT SNARYAD
- BRNO
- BRODSKIY ABRAM LVOVICH
- BRODSKIY IOSIF ALEKSANDROVICH
- BROKENXILL ODAMI
- BROKER

